Ayollar uchun nafis oq kofta.

Variantlar
Do'kon
Bojxona servis davlat muassasasi
20 589 so'm
Miqdor
Ta'rif
Ushbu jozibali ayollar koftasi har kuni va bayramlar uchun ideal tanlov bo‘lgan, noziklik hamda elegantlikni o‘zida mujassam etgan libosdir. Yuqori sifatli tabiiy matodan tikilgan bo‘lib, o‘ta yengil va terining erkin nafas olishini ta’minlaydi. Koftaning ko‘krak, yeng uchlari va pastki qismidagi zamonaviy gipyur bezaklar hamda bordiur naqshlar unga ayolona nafislik va o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi. Qulay hamda erkin kesimi harakatlanishga mutlaqo to‘sqinlik qilmaydi va kun bo‘yi shinamlik yaratadi. Ikki yon qismida maxsus kesilgan (razrez) joyi bor va pastga qarab biroz kengayib turadi. Mazkur modelning ishlab chiqarilishiga qarab naqshlari va ranglarida biroz farq bo‘lishi mumkin, bu esa har bir koftaga o‘zgacha individuallik beradi. Turli xil o‘lchamlari (razmerlari) mavjud bo‘lib, mahsulot holati yangi.